




2025-yil 8-oktabr kuni Urganch shahar 1-son Oilaviy poliklinikasida Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi "Raqamli rivojlanish bo'linmasi" DM hamda O'zLiDeP Xorazm viloyati Kengashi hamkorligida "Salomatlik sari" aksiyasi doirasida ayollar o'rtasida onkologik kasalliklarni oldini olish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish yuzasidan bepul tibbiy-ko'rik jarayonlari o'tkazildi. Ushbu tibbiy-ko'rik jarayonlarini o'tkazishdan asosiy maqsad ayollarni onkologik kasalliklardan asrash kasallikni erta aniqlab uni davolash choralarini tashkil qilishdan iboratdir. Aksiya doirasida kolposkopiya apparati orqali 20 nafardan ortiq ayollar tekshiruvdan o'tkazildi va surunkali kasalliklari bor ayollarga davolash choralari ko'rilishi belgilab olinda va tavsiyalar berildi. Bunday aksiya doirasida bepul tibbiy-ko'rik jarayonlari viloyat bo'ylab o'tkailishi belgilab olindi.