2025-yil 3-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida Raqamli texnologiyalar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy sho‘basi hamda Uzkomnazorat inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi rahbariyati bilan Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi "Raqamli rivojlanish" bo‘linmasi o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi tashkil qilindi. Uchrashuvda raqamlashtirish sohasi yuzasidan yangi loyihalar bilan tanishtirilib ushbu loyihalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishchi holati bilan ta’minlash, yangi loyihalar ustida birgalikda ishlarni tashkil qilish va chet elga eksport qilish bilan bog‘liq masalalarda hamkorlik qilish kelishib olindi. Shundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi "IT PARK" binosi bilan va u yerda yaratilgan sharoitlar bilan Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi "Raqamli rivojlanish" bo‘linmasi hodimlari tanishib chiqishdi.