2025-yil 23-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar hokimligi "Oila va xotin-qizlar" bo‘limi bilan hamkorlikda Nukus shahar maxallalaridagi xotin-qizlar faollariga xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan bandlik xizmatlarining aniq ko‘rsatkichlarini belgilash uning doimiy monitoringini manzilli tahlil qilib borish maqsadida "Xotin-qizlar bandligini ta’minlash" yagona avtomatlashtirilgan monitoring axborot plartformasi (ayollar-bandligi.uz)ning ishchi holati bilan ta’minlash va uni yuritish yuzasidan ko‘nikmalarini oshirish maqsadida seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi. Seminarda plartformani ishlatish va qo‘shimcha qulayliklar yaratish yuzasidan faollarga ma’lumotlar berib o‘tildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berib o‘tildi.