×
22-апр 2025 yil 32

Xorazm viloyati Xonqa tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi AKT mutaxassislariga ta’lim muassasalarining veb-saytlarini ishchi holati bilan ta’minlash va uni yuritish bo‘yicha seminar trening o‘tkazildi.





   2025 yil 22 aprel kuni Xorazm viloyati Xonqa tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi AKT mutaxassislariga ta’lim muassasalarining veb-saytlarini ishchi holati bilan ta’minlash va uni yuritish bo‘yicha seminar trening o‘tkazildi. Seminar treningda Xorazm viloyati hokimligi "Raqamli rivojlanish bo‘linmasi" DM loyiha mendjeri I.Madrimov va R.Qazaqovlar ishtirok qilishib tumandagi 52 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi AKT mutaxassislariga veb-sayt bilan ishlash yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tishdi va mas’ul hodimlarga ta’lim muassasalarining veb-sayt login parollari dalolatnoma asosida topshirildi. Seminarda 52 nafar umumiy o‘rta ta’lim maktabi mas’ul hodimlari va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidan 1 nafar xodim jami 53 nafar ishtirokchi ishtirok qildilar.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech